“Yoshlar kuni” doirasida vazir yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2026-04-23 18:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Shu munosabat bilan Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olayotgan talabalar va yosh mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir avvalida vazir yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar va texnologik loyihalar bilan tanishdi. Xususan, 3D-printerlar yordamida yaratilgan mahsulotlar, robototexnika yechimlari, uchuvchisiz qurilmalar maketlari hamda ilmiy ishlanmalar namoyish etildi. Yoshlarning amaliy yondashuvi va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, vazir yoshlarga ushbu ishlanmalarni yanada takomillashtirish, amaliyotga keng joriy etish va tijoratlashtirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Dastlab yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, ilg‘or g‘oyalari va tashabbuslari tinglandi. Xususan, raqamli iqtisodiyot, fintex, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish hamda ushbu yo‘nalishlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muloqot markazida bo‘ldi.
Suhbat jarayonida zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalar, raqamli savodxonlikni oshirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion tashabbuslarni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan amaliy takliflar asosida yangi loyihalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Vazir yoshlarni faol bo‘lishga, zamonaviy bilimlarni egallashga va innovatsion yondashuvlarni ilgari surishga chaqirib, bugungi kunda yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning raqamli iqtisodiyotdagi ishtirokini kengaytirish, ularni amaliy loyihalarga jalb etish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalar asosida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
Kelgusi uchrashuvlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting









