San-Fransiskoda Uzbekistan Digital Roadshow bo‘lib o‘tdi
2026-04-24 09:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir global investorlar, startap asoschilari, ekotizim yetakchilari hamda Datavolt va Datatruck kabi yetakchi texnologik kompaniyalar vakillarini jamladi.
Dastur doirasida “Expanding Innovation Hub: the Central Asia Case” mavzusidagi panel sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda Silkroad Innovation Hub, Mentorship Alchemist hamda Plug and Play Ventures kompaniyalaridan vakillar ishtirok etib, mintaqaning rivojlanib borayotgan innovatsion ekotizimi hamda uning global integratsiyasi masalalarini muhokama qildi.
Muhokama qilingan mavzular:
- Xorijiy IT-kompaniyalarni jalb qilish
- Data center infratuzilmasiga investitsiyalar
- Startaplarni global miqyosda rivojlantirish
- Venchur investitsiyalarni jalb qilish
Startup sessiyasi doirasida Deepen, TTLK, Platma, Lidavex va Minora AI o‘z loyihalarini xalqaro investorlar oldida taqdim etdi.
Mazkur Roadshow IT Park Uzbekistan’ning xalqaro hamkorliklarini mustahkamlab, mamlakatni texnologik kompaniyalar, investorlar va startaplar uchun jozibador yo‘nalish sifatida yana bir bor tasdiqladi.






