ShHTga a’zo davlatlarning AKTni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlarining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2023-05-13 16:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Vazir zamonaviy sharoitda iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy sohani rivojlantirishni ta’minlash maqsadida raqamlashtirish sohasida hamkorlikda ish olib borishning ahamiyati muhimligini qayd etdi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, hamkorlikni yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha hamkorlik masalalari borasida o‘zaro fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar ShHTga a’zo davlatlarning raqamli rivojlanish sohasidagi ko‘p tomonlama hamkorligini yanada mustahkamlashga oid keng ko‘lamli masalalarni ko‘rib chiqdilar. ShHT doirasida bu borada muntazam tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.





