O‘zbekistonda ilk bor Yaponiya ishtirokida animatsiya iste’dodlarini rivojlantirish dasturi yo‘lga qo‘yiladi
2026-05-04 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur hamkorlik doirasida animatsiya sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash uchun 700 ming AQSh dollaridan ziyod grant ajratilishi kutilmoqda.
Muzokaralar davomida iqtidorli yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish, yumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, masofaviy xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish hamda raqamli xizmatlar eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlik doirasida:
— Yaponiya bozoriga yo‘naltirilgan animatsiya ta’limi yo‘lga qo‘yilib, yetakchi yapon mutaxassislari jalb etiladi;
— kompaniyaning O‘zbekistonda sho‘ba korxonasi ochilib, yuqori maoshli ish o‘rinlari yaratiladi;
— milliy o‘zbek anime mahsulotlarini yaratish va ularni xalqaro bozorlarga olib chiqish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Ushbu hamkorlik O‘zbekistonning global AT xizmatlar eksportidagi o‘rnini mustahkamlash, ijodiy sanoatni rivojlantirish va yoshlar bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Agar siz yapon mutaxassislaridan animatsiya sohasini o‘rganib, O‘zbekistonda turib yuqori daromad olishni istasangiz, ro‘yxatdan o‘ting:
https://forms.gle/XLUWYEYvqwUELxxs5


