“Kiberxavfsizlik va etika” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2026-05-05 18:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, vazirlik vakillari, xalqaro ekspertlar, AQShning Shimoliy Jorjiya universiteti vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Dastlab vazir o‘z nutqida bugungi raqamli davrda kiberxavfsizlik masalalari strategik ahamiyat kasb etayotganini, ayniqsa, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan sharoitda ushbu yo‘nalishda nafaqat texnik bilimlar, balki yuqori axloqiy yondashuv va mas’uliyat muhimligini ta’kidladi. Shuningdek Davlatimiz rahbari tomonidan kiberxavfsizlik sohasini izchil rivojlantirish, “Cyber University” salohiyatini yanada oshirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgani qayd etildi.
Mazkur kitob muallifi o'z kitobida zamonaviy kibertahdidlar, ularning oldini olish strategiyalari hamda kiber makondagi axloqiy muammolar keng yoritilgan.
Taqdimot doirasida “Cyber University” va AQShning Shimoliy Jorjiya universiteti o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu tashabbus mamlakatimizda kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash hamda raqamli xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.






