“Plug and Play EXPO 2026” ko‘rgazmasi tadbiri tashkil etildi
2026-05-06 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Vazir o‘z nutqida mamlakatimizda startap ekotizimini rivojlantirish, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalar ekan, qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda innovatsion texnologiyalar va raqamli tadbirkorlik sohasida erishilgan muhim natijalarni qayd etdi. Shuningdek, yosh startaplar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xalqaro akseleratsiya dasturlari hamda global innovatsion platformalar bilan hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi missiya rahbari o‘rinbosari Heather Byrnes hamda Plug and Play Tech Center hamkori Sascha Karimpour ham tadbirning ochilish qismida nutq so‘zladilar.
Tadbir davomida sun’iy intellekt, fintech, GameDev, kreativ texnologiyalar, HealthTech, EdTech va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan 30 dan ortiq xalqaro va mintaqaviy startaplar o‘z loyihalarini taqdim etdi.
Bundan tashqari, xalqaro ekspertlar ishtirokida SI texnologiyalari, venchur investitsiyalar, kreativ iqtisodiyot va innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan quyidagi panel sessiyalar tashkil etildi:
— xalqaro ekspertlarning taqdimotlari va panel muhokamalari tashkil etildi;
— startaplarning investorlarga pitch sessiyalari o‘tkazildi;
— innovatsiyalar va venchur investitsiyalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlash joizki, Plug and Play Uzbekistan dasturi 2022-yildan buyon Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilib, O‘zbekistonni mintaqaviy innovatsion xab sifatida rivojlantirishga xizmat qilmoqda.









