Denov tumanida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘rganildi
2026-05-18 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Qabul davomida aholi tomonidan internet sifati va qamrovi, mobil aloqa xizmatlari, pochta xizmati, AT ta’limi, IT Park rezidentligi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Sayyor qabul jarayonida jami 18 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 5 tasi joyida hal etildi, 4 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Jumladan, Denov tumani “Bog‘inav” MFY Baxt ko‘chasi 92-uyda yashovchi fuqaro A. Rasulovning murojaati asosida “Sanoatchilik” mahallasida internet sifati va qamrovini yaxshilash maqsadida “UMS” MCHJning mobil aloqa tayanch stansiyasi ishga tushirildi.
Shuningdek, Denov tumani “Qo‘zichoqli” mahallasi Sayilgoh ko‘chasi 25-uyda yashovchi fuqaro S. Primov hamda “Muqimiy” mahallasida yashovchi fuqaro A. Jalolovning murojaatlariga asosan O‘zbektelekom tomonidan yashash xonadonlariga internet xizmati ulab berildi.
Fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida sayyor qabul davomida ko‘chma savdo ofislari ham tashkil etildi.
Agar sizda ham telekommunikatsiya, internet sifati, pochta xizmati, AT va raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq murojaat yoki takliflar mavjud bo‘lsa, 1144 yoki 1199 qisqa raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.






