Finlyandiya bilan raqamli hukumat hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi hamkorlik kengaymoqda
2026-05-28 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Finlyandiyada Raqamli va aholi ma’lumotlari agentligi direktori Mikko Mattenen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar raqamli hukumat tizimini rivojlantirish, davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi jarayonlariga joriy etish yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda Finlyandiyaning raqamli davlat xizmatlari, ma’lumotlar boshqaruvi hamda sun’iy intellektni davlat boshqaruvida qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘zaro tajriba almashish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.


