Amazon Leo bilan hamkorlik bo‘yicha rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-06-17 23:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Amazon Leo kompaniyasi hamda “UZ-SAT” QK MChJ o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini joriy etish bo‘yicha rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tomonlar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, kelishuvni amalga oshirishning tashkiliy va texnik mexanizmlari, shuningdek, Amazon Leo sun’iy yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish istiqbollarini muhokama qildilar.


