Velosipedlar uchun yangi infratuzilma — sog‘lom turmush va yashil kelajak sari qadam
2026-04-15 12:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni oshirish hamda xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida vazirlik va uning tizim tashkilotlarida velosipedlar uchun maxsus avtoturargoh (velo-parkovka) joylari tashkil etilmoqda.
Mazkur tashabbus xodimlarni ishga kelishda ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga rag‘batlantirish, avtomobil transportidan foydalanishni qisqartirish hamda atmosfera havosiga chiqariladigan zararli chiqindilar hajmini kamaytirishga xizmat qiladi.
Velosiped infratuzilmasining rivojlantirilishi nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlashga, balki xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va qulay mehnat muhitini yaratishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



