Dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-07-03 18:30:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, 300 ga yaqin tadbirkorlar hamda yoshlar ishtirok etdilar.
Ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro ta’lim olgan iqtidorli yoshlar bilan mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, innovatsion g‘oyalar va zamonaviy bilimlarni mamlakat iqtisodiyoti hamda biznes rivojiga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar xalqaro ta’lim tajribasi, innovatsion g‘oyalar, startaplar, zamonaviy biznes yechimlari, raqamli texnologiyalar hamda yoshlar va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, iqtidorli yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning startap va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida bunday muloqotlar yoshlarning bilim va salohiyatini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.









