Raqamli texnologiyalar vaziri Koreyaning Inha Universiteti prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
2023-07-08 21:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun 8-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreyaning Inha universiteti prezidenti janob Myong Vu Cho va Inha universiteti gospitali prezidenti Li Tak bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida raqamlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida bir qancha hamkorlikdagi ishlar amalga oshirilib, ulkan natijalarga erishilayotgani qayd etildi.
Jumladan, mamlakatimizda AKT sohasida salohiyatli kadrlarni tayyorlash, BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish, investitsiya jalb qilish kabi muhim jarayonlar muhokama qilindi.
Tomonlar raqamlashtirish sohasida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda kelgusida hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.





