IKKINCHI OLIY TA’LIM — YANGI MUTAXASSISLIKNI 3 YILDA EGALLANG!
2026-08-07 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Cyber Universityda 2026/2027 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul davom etmoqda.

Hujjatlaringizni 2026-yil 10-avgustga qadar topshirishga ulgurib qoling!
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan talabgorlar uchun muhim imkoniyat:
- suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘qishni 2-kursdan boshlaydi;
- bakalavriat ta’lim dasturini 3 yilda tamomlaydi;
- mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy mutaxassisliklardan birini egallaydi.
Ikkinchi oliy ma’lumot — kasbiy imkoniyatlarni kengaytirish, yangi mutaxassislikni egallash va faoliyatni istiqbolli yo‘nalishda davom ettirish uchun muhim qadamdir.
Qabul davom etmoqda. Hujjatlaringizni my.edu.uz platformasi orqali topshirishingiz mumkin!
