Cyber University professor-o‘qituvchilarni o‘z jamoasiga taklif etadi
2026-08-18 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Bu shunchaki ish o‘rni emas — ilmiy izlanish, kasbiy rivojlanish, xalqaro tajriba va yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash imkoniyatidir.
Cyber University’da siz:
- zamonaviy kiberxavfsizlik va raqamli texnologiyalar muhitida faoliyat yuritasiz;
- ilmiy tadqiqot va akademik rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz;
- xalqaro hamkorlik va ilg‘or xorijiy tajribalar bilan ishlaysiz;
- kasbiy bilim va ko‘nikmalaringizni muntazam rivojlantirasiz;
- talabalar bilan birga yangi bilim va g‘oyalar ustida ishlaysiz;
- mamlakatning raqamli kelajagi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga hissa qo‘shasiz.
Kiberxavfsizlik kafedrasida:
Kiberxavfsizlik asoslari va operatsiyalari, OSINT, kriptografiya, C++ dasturlash, kompyuterni tashkil etish, ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlari, ma’lumotlar bazasi, raqamli qurilmalar, sxemalar va texnikalar yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar taklif etiladi.
Yurisprudensiya yo‘nalishida:
Davlat va huquq nazariyasi, huquqiy ko‘nikmalar, fuqarolik, konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, xalqaro ommaviy huquq, mulk huquqi, kiber huquq va kiberjinoyat fanlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar qabul qilinadi.
Quyidagi lavozimlarga nomzodlar qabul qilinadi:
Professor | Dotsent | Assistent-o‘qituvchi | Stajyor-o‘qituvchi
Asosiy talablar:
- tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish (magistr darajasi);
- ilmiy-pedagogik yoki amaliy tajribaga ega bo‘lish;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Ilmiy daraja, xalqaro sertifikatlar, sohadagi amaliy tajriba hamda ingliz tilida dars berish ko‘nikmasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
Hujjatlar 31-avgustga qadar qabul qilinadi.
Aloqa: +998 55 888-55-55
Ichki raqamlar: 1026, 1027
E-mail: hr@csu.uz
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasi, 42-uy.
