O‘zbekiston delegatsiyasi Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro kosmik sammitida ishtirok etmoqda
2026-09-10 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti rahbari Bobur Xodjayev hamda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etmoqda.
Tadbirda 90 ta davlat va xalqaro tashkilot vakillari, qariyb 60 taga yaqin davlat va hukumat rahbarlari hamda vazirlar, shuningdek, kosmik agentliklar, astronavtlar, ekspertlar, startaplar hamda kosmik sohaning mingdan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari qatnashmoqda.
Sammitda kosmik sohani rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda kosmik faoliyatning barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, zamonaviy sharoitda kosmik soha oldida turgan muammolar va ularni birgalikda hal etish, ilg‘or tajriba va bilim almashish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.
Sammit doirasida “Tez o‘zgarayotgan dunyo uchun yangi kosmik makon”, “Kosmik xavfsizlik: Yevropadan javoblar” va “Kelajakdagi kosmik infratuzilma haqidagi qarashlar” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. Shuningdek, “Global kosmik iqtisodiyot”, “Xavfsizlik va hamkorlik” hamda “Fan va tadqiqotlar” yo‘nalishlari bo‘yicha panel muhokamalari tashkil etildi.
Sammitda 14 ta davlatdan 19 nafar taniqli astronavt, jumladan, Fransiyadan Toma Peske, Italiyadan Samanta Kristoforetti va Luka Parmitano, Germaniyadan Aleksandr Gerst va Mattias Maurer, Birlashgan Arab Amirliklaridan Sulton Al-Neyadi, Turkiyadan Alper Gezeravji va boshqalar ishtirok etmoqda.
Sammitning keng doiradagi ishtirokchilari kosmik sohaning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan o‘zaro fikr almashish, mavjud imkoniyatlarni muhokama qilish hamda kelgusidagi hamkorlik uchun yangi aloqalarni shakllantirish imkonini bermoqda.
Sammit doirasida tashkil etilgan kosmonavtlarni qutlash marosimida Fransiya Respublikasi PrezidentiEmmanuel Makronishtirok etdi.




