Vazir Koreya–Markaziy Osiyo biznes sammiti doirasidagi panel muhokamasida ishtirok etdi
2026-09-16 17:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Koreya Respublikasida Koreya–Markaziy Osiyo biznes sammiti doirasida savdo, investitsiyalar, muhim minerallar, energetika, infratuzilma, logistika va zamonaviy texnologiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan panel muhokamalari o‘tkazildi.
Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.
Panel muhokamalarida Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, investitsiyalarni jalb qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, raqamli transformatsiya, aqlli texnologiyalar va innovatsion yechimlarga investitsiyalarni rag‘batlantirish, ushbu yo‘nalishlarda zarur institutsional mexanizmlarni shakllantirish hamda biznes uchun qulay sharoitlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi loyihalarda ishtirokini kengaytirish, infratuzilma va logistika imkoniyatlarini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish hamda sammit natijalarini aniq investitsiya va biznes loyihalariga aylantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan Koreya–Markaziy Osiyo hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olinib, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun keyingi amaliy qadamlarni muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi.


