Raqamli davlatni rivojlantirishning yangi bosqichi muhokama qilinmoqda!
2026-09-24 15:15:00 / Vazirlik yangiliklari
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi “Raqamli davlat: yagona yondashuv, zamonaviy boshqaruv va fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi amaliy sessiya bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyada davlat boshqaruvining yagona raqamli muhitga o‘tishi, fuqarolarga yo‘naltirilgan davlat xizmatlarini rivojlantirish, sun’iy intellektdan foydalanish, kiberxavfsizlik va ishonchli raqamli muhit masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, “AI Government Assistant”, “Mening fikrim” va “E-Muloqot” platformalarining yangi imkoniyatlari hamda raqamli yechimlarning transport va sanoatdagi amaliy qo‘llanilishi taqdim etiladi.
Sessiyani quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:
YouTube
Facebook



