21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
2026-10-21 08:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Hurmatli yurtdoshlar!
Raqamli texnologiyalar vazirligi barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
O‘zbek tili — millatimizning bebaho boyligi, tarixiy xotiramiz, ma’naviyatimiz va milliy o‘zligimizning ifodasidir. Asrlar davomida xalqimizning boy madaniyati, ilm-fani va adabiyotini o‘zida mujassam etib kelayotgan ona tilimiz bugun ham jamiyat taraqqiyoti va kelajak avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.
Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda o‘zbek tilining zamonaviy texnologiyalardagi imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy-texnik terminologiyani rivojlantirish hamda tilimizning raqamli makondagi o‘rnini mustahkamlash muhim vazifalardan biridir.
Ona tilimizni asrab-avaylash, uning boy imkoniyatlarini yangi avlod texnologiyalariga tatbiq etish va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish barchamizning mas’uliyatimizdir.
Barchangizga mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik tilaymiz. O‘zbek tilimizning nufuzi yuksalib, u yangi marralar va yutuqlar sari taraqqiy etaversin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
