Özbekiston Bokudagi BMT sammitida davlat boşqaruvidagi innovatsiyalar muhokamasida iştirok etdi
2026-11-06 13:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Sammit doirasida delegatsiya vakillari davlat boşqaruviga innovatsion yondaşuvlar, davlat sektorini raqamli transformatsiya qiliş, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş hamda davlat xizmatlarini körsatiş samaradorligini oşirişga bağişlangan muhokamalarda qatnaşdilar.
Ayubxon Sultonov "Mamlakatlar innovatsiyalari amalda: nima samara beradi, nega va qanday miqyosda?" mavzusidagi panel sessiyasida ma’ruzaçi sifatida iştirok etdi. Sessiyada Gretsiya, Dominikan Respublikasi va Seyşel orollari hukumatlari hamda Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik taşkiloti vakillari ham qatnaşdi. Iştirokçilar turli mamlakatlarda öz samarasini körsatgan davlat boşqaruvi innovatsiyalari va ularni joriy etiş tajribasini muhokama qildilar. Şuningdek, yetakçilik, institutsional mexanizmlar va hamkorlik kabi muvaffaqiyat omillari hamda samarali yeçimlarni moslaştiriş va kengaytiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Boku safari doirasida Ayubxon Sultonov Ozarbayjon Raqamli rivojlaniş va transport vazirining örinbosari Raşad Hasanov bilan ham uçraşdi. Uçraşuvda raqamli hukumat sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, tajriba almaşiş va myGov platformasi asosida qöşma taşabbuslar imkoniyatlari muhokama qilindi. Sun’iy intellekt agentlari asosidagi raqamli xizmatlarni rivojlantiriş va nutqni matnga aylantiriş modellarini qöllaş masalalari ham körib çiqildi. Startap ekotizimini rivojlantiriş, ikki davlat IT-parklari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş va startaplarning bir-birining bozorlariga çiqişiga kömaklaşiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




