Özbekiston va Ozarbayjon raqamli transformatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi
2026-11-06 18:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Boku şahrida bölib ötayotgan "UN Governance Innovation Summit" xalqaro sammiti doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri birinçi örinbosari Ayubxon Sultonov boşçligidagi delegatsiyasi hamda Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlaniş va transport vaziri örinbosari Raşad Xasanov boşçiligidagi vazirlik vakillari örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv davomida tomonlar davlat boşqaruvini raqamli transformatsiya qiliş, elektron davlat xizmatlarini rivojlantiriş, startap-ekotizimini şakllantiriş hamda Özbekiston va Ozarbayjon AT-kompaniyalarining eksport salohiyatini oşiriş sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildilar.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar uçun yuqori malakali iş örinlarini yaratiş, AT-bozorni rivojlantiriş, şuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarining AKT tarmoğini transformatsiya qilişdagi ta’siriga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan taşqari, tomonlar kritik axborot infratuzilmasining kiberxavfsizligini ta’minlaş va axborot tizimlarini himoya qiliş böyiça zamonaviy yeçimlarni joriy etiş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlarning amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlaş, tajriba almaşiş va raqamli rivojlaniş sohasida qöşma taşabbuslarni amalga oşirişdan manfaatdorligi tasdiqlandi.


