Raqamlashtirish vazirligi mutaxassislari Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tayotgan “Raqamli hukumat salohiyatini oshirish” dasturida qatnashmoqda
2023-09-04 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastur quyidagi mavzularni o‘z ichiga qamrab oladi:
– Xodimlarni boshqarish vazirligining elektron shaxsiy boshqaruv tizimi (ye-saram);
– ochiq hukumat ma’lumotlaridan foydalanish va innovatsiya holatlari;
– sun’iy intellekt texnologiyasi va innovatsiya holatlari;
– raqamli audit tizimi bilan yaqindan tanishish;
– Milliy axborot resurslari xizmati, KOMSSO, Osan aqlli shahar integratsiyalashgan markazi, Douzone Bizon ma’lumotlar markazi hamda Hyundai motor studiyasiga ham tashrif nazarda tutilgan.
Tadbirning ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vazirligining Davlat organlarini raqamlashtirish bo‘limi boshlig‘i D. Mirzayev tomonidan O‘zbekistonda raqamli hukumatni qurish, davlat organlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan onlayn xizmatlar, infratuzilma holati hamda O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida ma’lumotlar berildi.


