School 21’da IT-ta’lim, karyera imkoniyatlari va bitiruvçilar natijalari taqdim etildi
2026-11-10 20:55:00 / Vazirlik yangiliklari

School 21 ijroçi direktori Zarina Luxmanova taqdim etgan hisobotga köra, Toşkent va Samarqand kampuslarida 550 nafardan ortiq talaba amaliyotga çiqqan. Toşkent kampusi talabalari 169 ta taşkilotda, jumladan, EPAM Systems, Uzum, Payme, Beeline, Uzinfocom, Uzcosmos va IT Park Uzbekistan kabi kompaniya hamda taşkilotlarda amaliyot ötamoqda. Amaliyot ta’lim dasturining majburiy qismi bölib, talabalar öqiş davomida nazariy bilimlarini amaliyotda qöllaş imkoniyatiga ega böladi.
Şuningdek, press-tur davomida bitiruvçilarning kasbiy faoliyati, iş beruvçilar bilan hamkorlik va yoşlarni AT sohasiga jalb etişga qaratilgan taşabbuslar haqida söz yuritildi. Xususan, School 21 va Women in Teç tomonidan Yevropa Ittifoqi kömagida Farğona vodiysidagi 18–24 yoşli qizlar uçun amalga oşirilayotgan Digital Kaleidoscope bepul AT-ta’lim dasturi taqdim etildi.
Tadbir iştirokçilari kampus faoliyati va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanişdi. School 21’da dasturlaş va boşqa raqamli kasblar loyihalar asosida, özaro tajriba almaşiş va amaliy topşiriqlar orqali örgatiladi. Ta’lim bepul, kampuslar esa 24/7 rejimida faoliyat yuritadi.
9-noyabr holatiga köra, loyiha faoliyati davomida 140 mingdan ortiq ariza kelib tuşgan, 15 ming nafardan ortiq nomzod saralaş bosqiçidan ötgan va 3 600 nafardan ortiq iştirokçi asosiy ta’limga qabul qilingan. Hozirda Toşkent va Samarqand kampuslarida jami 167 nafar bitiruvçi mavjud. Ta’lim dasturi 15 ta yönalişni qamrab oladi.
School 21 Özbekistonda Raqamli texnologiyalar vazirligi kömagida faoliyat yuritib, yoşlarning zamonaviy AT-kasblarni egallaşi va mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassislarni tayyorlaşga xizmat qilmoqda.
Ma'lumot uçun, Toşkent va Samarqand kampuslarida navbatdagi saralaş bosqiçi 30-noyabrdan boşlanadi. Arizalar 26-noyabrgaça 21-school.uz sayti orqali qabul qilinadi. Ta’lim barça bosqiçlarda bepul bölib, dasturga kiriş uçun avvalgi dasturlaş tajribasi yoki diplom talab etilmaydi.





