Özbekistonning raqamli rivojlaniş borasidagi ustuvor yönalişlari ITU PP-26 konferensiyasida taqdim etildi
2026-11-11 14:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Qatarning Doha şahrida bölib ötayotgan Xalqaro elektr aloqa ittifoqining 2026 yilgi Muxtor vakillar konferensiyasi (ITU PP-26) doirasida taşkil etilgan yuqori darajadagi yalpi majlisda Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov mamlakatimiz nomidan rasmiy nutq bilan iştirok etdi.
Vazir öz nutqida Özbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantiriş, aholini yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlaş va raqamli davlat xizmatlarini kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.
Şuningdek, AT-xizmatlar eksportini oşiriş, sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş va ularni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etiş yönalişlarida erişilgan natijalar hamda 2030-yilgaça belgilangan strategik maqsadlar taqdim etildi.
Nutqi davomida Özbekistonning raqamli transformatsiya böyiça tajribasi, sohani rivojlantirişga qaratilgan ustuvor vazifalari va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş borasidagi yondaşuvlari xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola etildi.



