Global tarmoq, yangi imkoniyatlar: Özbekiston Global Tech Advocates xaritasiga kirmoqda
2026-11-20 16:45:00 / Vazirlik yangiliklari

19-noyabr kuni Londonda IT Park Uzbekistan bosh direktori Azamat Karamatov boshçiligidagi delegatsiya Global Tech Advocates asosçisi va direktori Russ Shaw bilan uçrașdi. Uçrașuv yakunida tomonlar hamkorlikning asosiy yönalișlarini belgilovçi özaro anglașuv memorandumini (MoU) imzoladi.
Global Tech Advocates — dunyo böylab 45 dan ortiq habda 40 000 dan ziyod startap asosçisi, biznes yetakçisi, investor va ekspertlarni birlaștiradigan xalqaro texnologik hamjamiyat. Tarmoq mintaqaviy texnologik ekotizimlar örtasida aloqalar örnatiș, bilim va tajriba almașiș hamda texnologiya sektori manfaatlarini ilgari suriș bilan șuğullanadi.
Uçrașuvda Özbekiston startaplarini xalqaro hamjamiyat bilan bağlaș, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytiriș va Global Tech Advocates’ning Markaziy Osiyodagi iștirokini rivojlantiriș imkoniyatlari muhokama qilindi.
Özbekistonda mahalliy bölinma oçiș
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri Özbekistonda Global Tech Advocates mahalliy bölinmasini oçiș imkoniyati böldi. Bunday bölinma mahalliy texnologik hamjamiyatni xalqaro tarmoq bilan bağlaș va ekotizimlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlașga xizmat qiliși mumkin.
Startaplar uçun xalqaro aloqalar
Tomonlar IT Park Uzbekistan va Özbekiston startaplarining Global Tech Advocates tarmoğiga qöșiliș imkoniyatlarini körib çiqdi. Bu mahalliy jamoalarga xalqaro texnologik hamjamiyatlar, investorlar va potensial hamkorlar bilan aloqalar örnatișga yordam beriși mumkin.
Șuningdek, Global Tech Advocates tarmoğidagi xorijiy startaplarning Özbekiston bozoriga kirișini qöllab-quvvatlaș masalasi muhokama qilindi. Bu yönaliș mahalliy va xorijiy jamoalar örtasida tajriba almașiș hamda yangi biznes aloqalarini rivojlantirișni közda tutadi.
ICT Week 2027 doirasida qöșma tadbir
Uçrașuv davomida ICT Week 2027 doirasida Global Tech Advocates bilan birgalikda hamjamiyat uçrașuvini tașkil etiș imkoniyati ham muhokama qilindi. Bunday tadbir mahalliy va xalqaro texnologik hamjamiyat vakillarini bir maydonda birlaștirib, özaro tanișuv va hamkorlik uçun imkoniyat yaratiși mumkin.
Imzolangan memorandum ușbu yönalișlar böyiça hamkorlikni rivojlantiriș uçun asos yaratadi. Asosiy maqsad — Özbekiston startaplarining global texnologik hamjamiyat bilan aloqalarini kengaytiriș, yangi hamkorlar topiș va xalqaro tajribadan foydalaniș imkoniyatlarini oșiriș.
