IT Park rezidenti “MAAB Innovation” MCHJ bilan xizmatlar eksporti orqali yoshlarni yuqori maoshli ishlarga yo'naltirish imkoniyatlari muhokama etildi
2024-01-19 11:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Suhbat davomida vazirlik vakillariga kompaniyaning faoliyati, kelajakdagi rejalari, O’zbekistonda “Business Intelligence” yo‘nalishida yetuk mutaxassislarni tayyorlash va savdo hajmini oshirish bo‘yicha rejalar taqdimoti o‘tkazildi.
Ushbu korxona asosan IT xizmatlarini ko‘rsatish va eksporti bilan shug‘ullanadi va uning asosiy eksport bozori AQSH hisoblanadi.
Korxonaning 2023 yildagi xizmatlar eksporti hajmi 1,8 million AQSH dollarni tashkil qildi. Hozirda korxona xodimlari soni 100 nafarni tashkil qiladi.
Korxona faoliyatining dastlabki bosqichida tayyor mutaxassis yetishmasligi sababli talantli kadrlarni bepul o‘qitishni yo‘lga qo‘yilgan.
Xodimlarning barchasi 10 000 dan ortiq yoshlari orasidan mantiqiy fikrlashi va ingliz tili darajasi yuqori bo‘lgan yoshlar orasidan saralab olinib, bepul o‘qitgan holda ishga qabul qilingan.
Tanlovlardan mavaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga korxona tomonidan barcha sharoitlar hisobidan yaratilib (har bir o‘quvchiga eng zamonaviy noutbuklar, qo‘shimcha monitorlar, qulay stol va stullar bilan ta’minlanib), bugungi kunda talab eng yuqori bo‘lgan BI instrumentlari (SQL, SSIS-SSRS-SSAS, POWER BI, TABLEAU, AZURE, PYTHON, C# va boshqalar) hamda ingliz tili bepul o‘qitilib kelinmoqda.
Shuningdek, kompaniyada yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar: ta’lim olish uchun zamonaviy xonalar, bepul coworking, tadbirlar o‘tkazish uchun maxsus joylar tashkil qilingan.









