Daromadli kasbni qanday bepul oʻrganish mumkin?
2025-06-05 10:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Al-Xorazmiy vorislari loyihasi
Raqamli texnologiyalar yo‘nalishiga qiziqishi va qobiliyati yuqori bo‘lgan o‘quvchilarni darsdan tashqari vaqtlarda IT va xorijiy tillarga bepul o‘qitish orqali ularni zamonaviy kasblarga tayyorlash loyihasi hisoblanadi. Loyiha hozirgi vaqtda Xorazm viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy etilgan.
Telegram kanal: @al_xorazmiy_vorislari
“Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi
Oʻzbekiston mehnat bozorida mavjud, shu bilan birga kirib kelayotgan ishchi kuchiga, jumladan yoshlarga zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan keng ko‘lamli milliy tashabbus hisoblanadi.
Loyiha doirasida tashkil etilgan uzbekcoders.uz sayti orqali yoshlar Coursera platformasining quyidagi kurslarida bepul tahsil olishlari mumkin:
• Data Science
• Intro to UX
• Intro GenAI
• Excel
• Code Yourself
Sayt: UzbekCoders
ITstudy.uz loyihasi
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi ijtimoiy imkoniyati cheklangan oila farzandlarini xorijiy til, elektron tijorat, marketing va SMM bo‘yicha o‘qitib ishga yo‘naltirishga qaratilgan 3 bosqichli loyiha hisoblanadi.
Loyiha doirasida tashkil etilgan kurslar jami 101 ta videodarslar hamda har bir darsdan keyin 5 tadan 10 tagacha bo‘lgan test sinovlaridan iborat. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan oʻquvchilarga sertifikat beriladi.
Sayt: itstudy.uz
Kiberxavfsizlik kursi
Bugungi raqamli dunyoda bolalar va yoshlar har kuni internetdan foydalanmoqda. Lekin ular kiberjinoyatlar, zararli dasturlar va firibgarliklarga aldanib qolish xavfi ostida. Shu sababli “Leader Online” onlayn maktabi hamda Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan kiberxavfsizlik bo‘yicha bepul kurs yo‘lga qo‘yilgan.
Sayt: web.leader-online.uz
“IT-shaharcha” loyihasi
Infratuzilma yuqori darajada rivojlanmagan chekka hududlardagi yoshlarga raqamlashtirish va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan loyiha. “IT-shaharcha”larda oʻquvchilar zamonaviy kasblarga bepul oʻqitiladi.
Telegram: @digitaledu_uz
School 21 loyihasi
Loyiha 18 yoshdan oshgan barcha IT yoʻnalishida tahsil olishni xohlovchilarga dasturlashni bepul o‘rganishni taklif etadi. School 21 loyihasi doirasida oʻquvchilar chuqur amaliyotga ega darslarda sohani oʻzlashtirishadi.
Sayt: 21-school.uz
Mirzo Ulugʻbek vorislari loyihasi
Ilg‘or xorijiy tajriba va milliy ta’lim standartlari talablariga javob bera oladigan matematik statistika va dasturiy ta’minot asosida ma’lumotlarni qayta ishlash va ular asosida takliflarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan loyiha hisoblanadi.
Telegram:
IT-iste’dod
Xalqaro IT sertifikatga ega yoshlarning sertifikat olish hamda oʻqishga sarflagan xarajatlarni kompensatsiya qilishga qaratilgan loyiha.
Sayt: it-istedod.uz
Bilgi.uz loyihasi
Axborot texnologiyalari sohasida oʻqishni istagan fuqarolarga maqsadli qarz berish loyihasi hisoblanadi. Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar ta’lim kurslar bozori orqali IT-mutaxassislarini tayyorlash uchun mo’ljallangan oʻquv kurslarini tanlab, muddatli to’lash sharti bilan shartnoma tuzishlari mumkin.
Sayt: bilgi.uz
