Raqamli texnologiyalar vaziri AQSHda bo‘lib o‘tgan Global raqamli sammitida ishtirok etdi
2024-03-07 18:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda mamlakatimizning IT-xizmatlar eksportini oshirish, raqamli texnologiyalar sohasida 300 mingdan ortiq yuqori IT malakali kadrlarni tayyorlash kabi ustuvor yo‘nalishdagi olib borilayotgan ishlar, IT eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish borasidagi vazifalarga to‘xtaldi.
Xususan “Zero risk” dasturi orqali biznesni optimallashtirish yo‘llari hamda IT Park hududida tashkil etilayotgan raqamli texnologiyalar xalqaro markazi imkoniyatlari bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi.
Bunda, Davlat rahbari tomonidan mamlakatimizda raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, IT kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish va IT Park hududida joriy etilgan maxsus soliq imtiyozlar tizimining imkoniyatlariga alohida urg‘u berildi.
Bu boradagi ishlarni xorijda, xususan AQSH biznes doiralarida targ‘ib qilish, IT sohadagi yirik xorijiy kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish va bu orqali IT xizmatlar eksporti hajmini keskin oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida axborot berildi.






