Raqamli texnologiyalari vaziri "Stanford" nodavlat ta’lim markazi faoliyati bilan tanishib, Namanganda ingliz tilini o‘rganayotgan yoshlarni masofaviy xizmatlar eksportiga kengroq yo‘naltirishni tavsiya qildi
2024-03-28 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Ushbu maskanda kelgusida masofadan turib xizmat ko‘rsatuvchi BPO va unga malakali kadrlar yetishtirib beruvchi markaz ham tashkil etiladi. Shuningdek, markazda dasturiy mahsulotlar eksport qilishga ixtisoslashgan IT kompaniya ochish nazarda tutilgan.
Tashrif davomida so‘nggi yillarda ijtimoiy hayotimizda, faoliyatimizda raqamli texnologiyalar katta o‘rin tutayotganligi, o‘z navbatida, bu sohada malakali kadrlarga talab ortayotgani va yangi markaz yoshlarning aynan shu yo‘nalishida tahsil olishlari uchun katta imkoniyat ekanligi ta’kidlandi.
E’tiborlisi, ingliz tilida bemalol C1 darajada so‘zlashadigan yoshlarimiz ishsiz qolmasligi aniq, masofaviy xizmat ko‘rsatishga yetarli malakaga ega bo‘lishsa, shu yerning o‘zida bemalol yuqori daromad topishlari mumkin bo‘ladi.









