audio

    Sertifikatlashtirish

    Asosiy qoidalar

    Telekommunikatsiya zamonaviy xizmatlarini joriy qilish va taqdim etish sohasidagi davlat boshqaruvi va tartibga solishning richaglaridan biri bo'lib, telekommunikatsiya texnik vositalari (TTV)ni sertifikatlashtirish hisoblanadi.  

    TTV, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan oxirgi (terminal) uskuna qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan standartlar, texnik shartlar va boshqa normalarga muvofiqlik uchun sertifikatlanishi kerak.  

    TTV sertifikatlashtirilishini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi (O'z SMT) doirasida Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimi («Telekommunikatsiyalar» sertifikatlashtirish tizimi) tashkil etildi. «Telekommunikatsiyalar» sertifikatlashtirish tizimi O'zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan TTV muvofaqqiyatliligini tasdiqlash bo'yicha shlar (Sertifikatlashtirish, deklaratsiyalash va h.k.)ni o'tkazish uchun mo'njallangan va quyidagi asosiy maqsadlarga erishishga qaratilgan:

    • saqlanishi, montaj va ekspluatatsiya qilinishi hayot, odamlar sog'lig'i va ularning mulki uchun xavfli bo'lgan, shuningdek atrof-muhitga zarar etkazishi mumkin bo'lgan TTV sotilishi va qo'llanilishini istisno etish;  
    • foydalanuvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar)ni texnik parametrlari va xarakteristikalari amaldagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan TTVni sotib olishdan himoya qilish.  
    TTVni sertifikatlashtirish asosiy protseduralari O'z SMT va Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimining normativ hujjatlari bilan tartibga solingan. «Telekommunikatsiyalar» sertifikatlashtirish tizimi O'zbekiston hududida ishlab chiqariladigan hamda boshqa davlatlardan olib kiriladigan TTV uchun muvofiqlikni tasdiqlashning yagona qoidalari va tartibini ko'zda tutadi. «Telekommunikatsiyalar» sertifikatlashtirish tizimini yuritish maqsadida aloqa va axborotlashtirish sohasida Bosh uslubiy markaz (TTV BUM) tashkil etildi.  
    TTV BUM ishchi organi bo'lib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Litsenziyalash va litsenziya shartnomalarini ijrosini tahlil qilish bo'limi hisoblanadi. TTVni sertifikatlashtirish bo'yicha butun ishlar kompleksini Fan-texnika va marketing tadqiqotlari davlat unitar korxonasi UNICON.UZ da belgilangan tartibda akkreditatsiyalangan Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish organi (TTV SO) amalga oshiradi.  
    TTV SO tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida ariza beruvchi tomonidan talabnoma berilishidan boshlab, unga muvofiqlik sertifikati berilgunga qadar TTVni sertifikatlashtirish protseduralarini bajarish qoidalari, o'tkazish tartibi va reglamenti belgilangan, shuningdek Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) davlatlari hududida tayyorlangan va ularning Milliy sertifikatlashtirish tizimlarida belgilangan qoidalar bo'yicha sertifikatlangan, shuningdek uzoq xorij mamlakatlaridan import orqali olib kiriladigan TTV muvofiqlik sertifikatlarini tan olish tartibi belgilangan, agar ular bilan o'zaro tan olish to'g'risida shartnoma tuzilgan bo'lsa.  
    TTV xavfsizligi, moslashuvchanligi va sifati bo'yicha talablarning tekshirilishini UNICON.UZ DUK da akkreditatsiya qilingan Telekommunikatsiya texnik vositalarining sertifikatlashtirilgan sinov markazi (TTV SSM) amalga oshiradi sayt: http://www.unicon.uz/ru/content/sertifikacionnyiye/  
    TTVni barcha sertifikatlashtirish protseduralarining ijobiy natijalarida ariza beruvchiga belgilangan namunadagi muvofiqlik sertifikati beriladi. Berilgan muvofiqlik sertifikati ariza beruvchi (tayyorlovchi, sotuvchi)ga sertifikatlashtirilgan TTV reklamasi va sotilishini amalga oshirish huquqini beradi. Normativ-huquqiy hujjatlar:  
    • O'zbekiston Respublikasining «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida»gi Qonuni;  
    • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari:  
    • 2004 yil 6 iyuldagi «Mahsulotni sertifikatlashtirish protsedurasini soddalashtirish bo'yicha qo'shimcha choralar to'g'risida»;  
    • 2007 yil 18 maydagi «O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ba'zi qarorlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida».  
    • RH45–017:2007 «O'zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar»;  
    • RH45–029:2007 «O'zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimi. Sertifikatlashtirishni o'tkazish tartibi»; RH45–036:2007  
    • «O'zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimi. Inspektsiya nazoratini o'tkazish tartibi»;  
    • RH45–107:2007 «O'zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimi. Xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish tartibi»;  
    • RH45–120:2007 «O'zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimi. Telekommunikatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarish holatini tekshirish tartibi»;  
    • T45–051:2007 «O'zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimi. Sertifikatlash sxemalarini tanlash».  
    • TSt 45.032:2005 «O'zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimi. Telekommunikatsiya texnik vositalarining namunalarini identifikatsiya qilish va tanlash».

    Murojaat uchun telefonlar:

    Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish organi (TTV SO) Toshkent sh., Bog'ishamol ko'chasi, 7a (998 71) 235-93-32;  
    sayt: www.cbtr.unicon.uz;    
    e-mail: cbtr@unicon.uz  «O'zstandart» agentligi Toshkent sh., Farobiy ko'chasi, 333a;  
    sayt: http://www.standart.uz

    • view_icon 21592
    : 2023-01-30 12:46:36