12. Davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi doimiy ravishda Vazirlik faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarini berib kelmoqda.
Masalan:
2025-yil 15-maydagi yig‘ilishida “Elektron ishtirok jarayonlarida fuqarolarning, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning ishtirokini yanada rivojlantirish va raqamli hukumat tizimlariga foydalanuvchilar sodiqligini oshirish bo‘yicha tadqiqot olib borish” ijtimoiy ahamiyatga molik loyihani amalga oshirish yuzasidan ijtimoiy buyurtma berish masalasini ko‘rib chiqdi, o‘rnatilgan tartibda baholadi va “O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlar assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotiga mablag‘ ajratish bo‘yicha o‘z xulosalarini taqdim qildi.
2025-yil 29-iyuldagi yig‘ilishida “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining ijtimoiy buyurtma olish yuzasidan 2025-yil 23-iyundagi 01/218-25-son murojaati ko‘rib chiqildi va 2025-yilda ijtimoiy buyurtma ajratishga qaror qilingani uchun keyingi yildi ko‘rib chiqishga qaror qilindi.
2025-yil 29-iyuldagi yig‘ilishida O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bo‘lim boshlig‘i R.Mamatqulov Vazirlik tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada faollashtirish bo‘yicha taklif kiritildi.
Bundan tashqari, Kengash a’zolari tomonidan muntazam ravishda ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va Vazirlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishchi tartibda, ya’ni Kengash raisi va kotibi orqali o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini kiritmoqda. Bu takliflar Vazirlik rahbariyatiga taqdim qilinib, takliflarni amalga oshirish yoki muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi NIZOMI
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi TARKIBI
Raqamli texnologiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida BUYRUQ
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibini kengaytirish hamda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihani amalga oshirishni tashkillashtirish haqida BUYRUQ
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ISH REJASI
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan ISH REJASI
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig'ilishi BAYONI (31.07.2025)
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig'ilishi BAYONI (15.05.2025)
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig'ilishi BAYONI (14.04.2025)
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig'ilishi BAYONI (05.09.2024)
