audio

    Vazir Nukus shahridagi “Karsu soft” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishib, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashrifi doirasida Qoraqalpoq Davlat universitetida tashkil qilingan Inkubatsiya markazida bo‘lib, ushbu markazda faoliyat olib borayotgan “Karsu soft” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

    O‘quv markazi tomonidan yoshlarga IT sohasining 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim berib kelmoqda. Bugungi kunga qadar markazda 500 dan ortiq yoshlar ta’lim olgan.

    Korxona tomonidan yil yakuniga qadar yangi ish o‘rinlarini yaratish, yetakchi kadrlar tayyorlash va IT eksport hajmini oshirish maqsad qilingan.


    • view_icon 326