Vazir Telecontact kompaniyasi bilan BPO xizmatlari eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qildi
2026-06-06 17:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Muloqot davomida BPO va autsorsing xizmatlari sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistondagi koll-markazlar salohiyatidan xalqaro buyurtmalarni bajarishda kengroq foydalanish hamda xizmatlar eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Telecontact vakillari O‘zbekistonda faoliyatni kengaytirish, hududlarda yangi ofislar tashkil etish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish istiqbollariga qiziqish bildirdilar. Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonda faoliyat hajmini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuvda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi doirasida xorijiy kompaniyalar uchun yaratilayotgan huquqiy, soliq va infratuzilmaviy imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar xizmatlar eksportini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda xalqaro biznes xizmatlari sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Dastlab uchrashuv yakunida kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini bosqichma-bosqich kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Telecontact kompaniyasi bugungi kunda Farg‘ona va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritmoqda hamda 24–25-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Global Business Services Forum 2026 forumida qatnashish taklifini qabul qildi.


