UN Women bilan raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-09-28 11:50:00 / Новости министерства

Uchrashuvda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish, aholini, xususan, xotin-qizlarni zamonaviy raqamli ko‘nikmalarga o‘qitish hamda ularning IT sohasidagi ishtirokini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlarning IT sohasida ta’lim olishi, raqamli kasblarni egallashi va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bu borada xalqaro tajribani o‘rganish va samarali amaliyotlarni O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar raqamli texnologiyalar sohasida inson kapitalini rivojlantirish, xotin-qizlarning IT sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ular uchun yangi ta’lim va kasbiy imkoniyatlar yaratish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida ushbu yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.




